» » Shavkat Mirziyoyev bir guruh qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev bir guruh qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlarini mukofotladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-dekabr kuni “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Farmon matni O‘zAda e’lon qilindi.

Prezident bir guruh fuqarolarni “ko‘p yillik fidokorona mehnati bilan mamlakatimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi sohasi rivojini yangi bosqichga ko‘tarish va uni kompleks modernizatsiya qilish, sohaga innovatsion texnologiyalar, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini, klaster tizimini keng joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, barcha turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirib, el-yurt farovonligini yuksaltirish, dasturxonlarimiz to‘kinligini ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi, agrar sektorda islohotlarni, davlat dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun” mukofotlagan.

Xususan, ikki kishi “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi”, bir kishi “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator”, bir kishi “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan chorvador” faxriy unvonlari bilan, uch kishi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, 14 kishi “Mehnat shuhrati” ordeni bilan, 15 kishi “Do‘stlik” ordeni bilan, 21 kishi “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

Mavzuga doir: Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston dehqon va fermerlariga tabrik yo‘lladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют