» » Jizzax viloyatida besh kishi is gazidan zaharlandi

Jizzax viloyatida besh kishi is gazidan zaharlandi


Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadonlarning birida 7-dekabr isitish pechidagi tabiiy gazning chala yonishi oqibatida is gazidan zaharlanish holati yuz bergan.

Hodisa oqibatida besh kishi — xonadon egasi H.E, turmush o‘rtog‘i G.I., o‘g‘li K.M., ukasi H.E. va kelini N.T. is gazidan zaharlangan. Aka-uka H.E.lar, G.I. va kelin N.T.ga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, K.M. esa kasalxonaga yotqizilgan.

“Surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.

Dekabr oyida bir necha marta gazdan ommaviy zaharlanish holatlari yuz berdi. Xususan, 3-dekabr kuni butun mamlakat bo‘ylab kamida 13 kishi, dekabrning ilk kunida esa Andijon viloyatida o‘nlab odamlar is gazidan zaharlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют