» » APL. “Chelsi” “Manchester Siti”ni mag‘lub etdi, “Liverpul” esa peshqadamga aylandi

APL. “Chelsi” “Manchester Siti”ni mag‘lub etdi, “Liverpul” esa peshqadamga aylandi


8-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 16-turi doirasida yana bir bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Turning markaziy o‘yini Londonda kechdi. Unda “Chelsi” jamoasi APL peshqadami “Manchester Siti”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 45-daqiqada Ngolo Kante kuchli zarbasi bilan “Chelsi”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 78-daqiqada esa David Luiz burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan “Siti” darvozasiga joylab qo‘ydi. Qayd etish joiz, ikkala gol ham Eden Azarning uzatmasidan so‘ng kiritildi.

Kantening goli

Luizning goli

?Angliya premyer ligasi

16-tur o‘yinlari

8-dekabr, shanba

Gollar: 1:0 – 45 Kante, 2:0 – 78 David Luiz.

“Chelsi” – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Azar (Jiru, 90), Kante, Pedro, Kovachich (Barkli, 65), Villian (Loftus-Chik, 75), Jorjinyo.

“Manchester Siti” – Ederson, Laport, Stounz, Uoker, Delf, Marez (Foden, 84), Bernardu Silva, Sterling, Silva (Gyundogan, 68), Sane (Gabriel Jezus, 53), Fernandinyo.

Ogohlantirish: Jorjinyo (63), Pedro (80).??

9-dekabr, yakshanba

10-dekabr, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2018, 01:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют