» » Boliviya prezidenti AQSh ma’muriyatini urushlardan foyda ko‘rishga urinishda aybladi

Boliviya prezidenti AQSh ma’muriyatini urushlardan foyda ko‘rishga urinishda aybladi


Boliviya prezidenti Evo Morales AQSh hukumatining harbiy xarajatlarni 54 milliard dollarga oshirish rejasini tanqid qildi va Vashingtonni urushlardan foyda ko‘rishga urinishda aybladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Muhojirlar uchun devorlar, AQSh harbiy xurujlari uchun qo‘shimcha 54 milliard dollar… Bundan o‘lim isi kelmoqda. Urushlar qurol sotish uchun o‘ylab topiladi. Urushlar hisobiga hayot kechirish genotsidning o‘zginasi. O‘limlar hisobiga yashash insoniylikka xos emas”, — deya yozuv qoldirgan Boliviya rahbari Twitter’dagi sahifasida. 

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat yangi budjetini tuzishda mudofaa xarajatlari 54 milliard dollarga ko‘paytirilishini ma’lum qildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-03-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют