» » La Liga. “Atletiko M” va “Barselona”dan yirik g‘alaba, “Real Madrid” esa bugun o‘ynaydi

La Liga. “Atletiko M” va “Barselona”dan yirik g‘alaba, “Real Madrid” esa bugun o‘ynaydi


8-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi 15-turi doirasida bir nechta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

“Atletiko Madrid” “Vanda Metropolitano” stadionida “Alaves”ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Nikola Kalinch, Antuan Grizmann va Rodri Ernandeslar mualliflik qildi.

“Valensiya” esa “Mestalya” stadionida musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan “Sevilya”ni mehmon qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. 55-daqiqada Pablo Sarabiya “Sevilya”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 90-daqiqada Diakabi “Valensiya”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi.

Kunning so‘nggi o‘yini Kataloniya shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda “Espanyol” jamoasi hamshahari “Barselona” bilan kuch sinashib, 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Gollardan 2 tasi Lionel Messi hisobida yozildi. Usmon Dembele hamda Luis Suares ham o‘z nomiga bittadan gol yozib qo‘ydi.

9-dekabr, yakshanba kuni Madridning “Real” klubi safarda “Ueska” maydoniga safar qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.

La Liga

15-tur o‘yinlari

7-dekabr, juma

Gollar: 0:1 — 39 Kabrera, 1:1 — 64 Nyom.

8-dekabr, shanba

Gollar: 1:0 – 25 Kalinich, 2:0 – 82 Grizmann, 3:0 – 87 Rodri Ernandes.

Gollar: 0:1 – 55 Sarabiya, 1:1 – 90 Diakabi.

Gollar: 0:1 – 44 Brais Mendes, 0:2 – 49 Yokushlu, 0:3 – 51 Maksi Gomes, 1:3 – 83 Bakka, 2:3 – 87 Bakka.

Gollar: 0:1 – 17 Messi, 0:2 – 26 Dembele, 0:3 – 45 Suares, 0:4 – 65 Messi.

9-dekabr, yakshanba

10-dekabr, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2018, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют