» » “Tottenhem” APL tarixidagi o‘zining eng yaxshi mavsum startini amalga oshirdi

“Tottenhem” APL tarixidagi o‘zining eng yaxshi mavsum startini amalga oshirdi


8-dekabr, shanba oqshomida Angliya premyer ligasi 16-turi doirasida “Tottenhem” jamoasi safarda “Lester” maydoniga safar qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Gollarga Son Xyon Min hamda Dele Alli mualiflik qildi. Mazkur g‘alabadan so‘ng “shporlar”ning 16 ta turdan so‘ng to‘plagan ochkolari 36 taga yetdi. Bu esa “Tottenhem”ning APL tarixidagi eng yaxshi mavsum starti bo‘ldi.

“Tottenhem” o‘z tarixida 2 marta 16 tur ichida 36 ochkodan ko‘p jamg‘argan, biroq unda musobaqa APL deb nomlanmagan.

“Tottenhem” ayni damda APL musobaqa jadvalida “Liverpul” (42 ochko) va “Manchester Siti” (41) dan so‘ng uchinchi o‘rinni egallab turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют