» » Samarqandda IIV litseyi o‘quvchilari o‘rtasida “Tafakkurimizni sinaymiz” tanlovi o‘tkazildi

Samarqandda IIV litseyi o‘quvchilari o‘rtasida “Tafakkurimizni sinaymiz” tanlovi o‘tkazildi


IIVning Samarqand viloyatidagi akademik litseyi iqtidorli o‘quvchilari o‘rtasida Konstitutsiyaning 26 yilligi bayrami munosabati bilan “Tafakkurimizni sinaymiz” ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Tanlovda “Jasorat”, “Qonun posbonlari” hamda “Qalqon” jamoalari 5 ta shartda bo‘yicha bellashdi.

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi immunitetni shakllantirish, ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk yetib tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra “Jasorat” jamoasi uchinchi, “Qalqon”jamoasi ikkinchi va “Qonun posbonlari”jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

— Bunday tanlovlar orqali eng iqtidorlilarini saralab olamiz. Oliy ta’lim muassasalariga professional kadr bo‘lib yetishadigan yoshlarni tayyorlab beramiz, — deydi viloyat IIB Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, leytenant Jahongir Sa’dullayev.

Tanlov g‘oliblariga Samarqand viloyat IIB rahbariyatining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют