» » Toshkent viloyatida oilaviy ajrimlarni kamaytirish uchun o‘quv kurslari tashkil etilmoqda

Toshkent viloyatida oilaviy ajrimlarni kamaytirish uchun o‘quv kurslari tashkil etilmoqda


Toshkent viloyati “Oila” boshqarmasi tashabbusi bilan Parkent tumanida 120 nafar yoshlar maxsus o‘quv kursini tamomladi, deb yozadi O‘zA.

Dilorom Maxamadaliyeva – Toshkent viloyati “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot boshqarmasi boshlig‘i:

— Bugungi kunda Toshkent viloyati hududida 2 million 910 ming 351 nafar aholi istiqomat qilayotgan bo‘lsa, oilalar soni 788 280 tani tashkil etmoqda. Viloyatda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot boshqarmasi tomonidan oilaviy ajrimlarni kamaytirish borasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ajrimlar nafaqat yosh oilalarda, balki 3-4 nafar farzandi bor oilalarda ham kuzatilyapti. Bunga turli omillar, chunonchi, er-xotin va qaynona-kelin o‘rtasidagi munosabatlar, ishsizlik masalasi, iqtisodiy yetishmovchilik, noqobil farzandlar va ularning sog‘ligi hamda o‘qish faoliyatlari bilan bog‘liq hayotiy muammolar sabab bo‘layotgan ekan. Viloyatda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 145 ta notinch oilalarning muammolariga yechim topildi, ichkilikka ruju qo‘yish kabi illatlar va urush-janjallarga barham berildi, ajralish arafasida turgan 3 144 oiladan 1 492 oilani yarashtirishga erishildi. Xususan, joriy yilda “Oila” boshqarmasi tashabbusi bilan o‘quv kurslari tashkil etilib, asosan nikohlanuvchi yoshlarga 20 kun davomida 16 soatlik ma’ruzalar o‘qib eshittirildi. Loyihada ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarga mustaqil hayot ko‘nikmalari bo‘yicha tegishli bilim va ko‘nikmalar berishdan iborat.

Mavluda Berdiqulova – Parkent tumani “Oila” bo‘limi rahbari:

— Loyiha sifatida boshlangan o‘quv kurslarda oilaviy qadriyatlar, oila huquqi, oilaning salomatligi haqida yoshlarga tegishli ma’lumotlar berib o‘tildi. Ta’kidlash joiz, qisqa vaqt davomida mazkur o‘quv kurslaridagi mashg‘ulotlardan so‘ng oila qurgan yoshlar jamiyatda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgani, ota-onaga hurmat, o‘zaro muomala madaniyati, ro‘zg‘or yumushlari bo‘yicha to‘laqonli bilimga ega ekanliklari bois yangi hayotida hech bir qiyinchilikka duch kelmay baxtli hayot kechirayotganliklari kuzatildi.

Obidjon Sobitov — Parkent tumani Xisorak qishlog‘i, Ulubek mahallasi:

— Dilrabo Xursanova bilan turmush qurish niyatida tuman FHDYOga ariza berganimizda bizga nikohdan o‘tuvchilarning o‘n kunlik o‘quv mashg‘ulotlari borligini aytishdi. Ochig‘i, oldiniga bu yangilik menga erish tuyuldi. Qanday o‘qish ekan, uning bizga nima keragi bor, deb o‘yladim. Noiloj rozi bo‘ldik. Mashg‘ulotlar davomida biz oila, unda er-xotinning o‘rni, burchi va vazifalari, muomala madaniyati, qaynona-kelin munosabatlari, haq-huquqlarimiz haqida bilim oldik. Bularning barchasi bizga yangi hayot ostonasida doimo qo‘l keladi va tinch-osoyishta yashab, mehnat qilishimizga yaqindan yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют