» » O‘zbekistonda dollar kursi oshishdan to‘xtadi va 125 kunda birinchi bor pasaymoqda

O‘zbekistonda dollar kursi oshishdan to‘xtadi va 125 kunda birinchi bor pasaymoqda


AQSh dollarining rasmiy kursi 125 kunda birinchi bor o‘sishdan to‘xtab, 2,2 so‘mga pasaymoqda, deb yozadi Turon24. Prognozga ko‘ra, dushanba (10-dekabr)dan dollar kursi 8312,6 so‘mga teng bo‘ladi. Bu haqda valyuta birjasida savdo yakunlari dalolat beradi.

O‘zbekistonda dollar kursi oxirgi 18 hafta davomida muttasil oshib kelgan edi. Joriy yilning 7-avgustida dollarning eng past kursi – 7783 so‘m darajasida qayd etilgan bo‘lsa, 4 oy davomida dollar 531 so‘mga qimmatlashib, o‘tgan haftada uning kursi 8314 so‘mga yetgan.

Markaziy bank sentabrda dollar kursining oshib ketishi sababini tushuntirgan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda AQSh dollari kursining oshishi mamlakatning eng yirik savdo hamkorlari – Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy va Turkiyada ro‘y berayotgan devalvatsiyaning oqibatida ro‘y berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют