» » Uber rahbari taksidagi safari vaqtida o‘z kompaniyasi haydovchisi bilan urishib qoldi (video)

Uber rahbari taksidagi safari vaqtida o‘z kompaniyasi haydovchisi bilan urishib qoldi (video)


Amerikalik tadbirkor va Uber transport kompaniyasi rahbari Trevis Kalanik taksichilar maoshi tufayli o‘z tashkiloti haydovchisi Fauzi Kamel bilan urishib qoldi. Mojaro aks etgan videolavha YouTube’da e’lon qilindi.

Trevis Kalanik ikki notanish ayol hamrohligida Uber taksisining orqa o‘rindig‘ida ketayotgandi. Safar yakunlangach taksi haydovchisi kompaniya rahbarini to‘xtatib, nima sababdan xizmat ko‘rsatish standartlarini ko‘tarayotgani, Uber Black tariflarini esa tushirayotgani haqida qiziqdi.

Sen butun biznesni o‘zgartirding, sen safar narxlarini kamaytirding.

Fauzi Kamel, Uber haydovchisi

Uber rahbari haydovchiga javob qaytarishga urindi, ammo hissiyotlarini jilovlay olmadi.

Bu safsata. Ba’zi odamlar o‘z muammolari uchun mas’uliyatni zimmasiga olishni yomon ko‘radi. Ular aybni boshqalarga ag‘daradi.

Trevis Kalanik, Uber rahbari

Natijada Kamel yo‘lovchi sifatida taksiga o‘tirgan rahbariga bitta yulduz qo‘ydi, Uber kompaniyasi saytida esa Kalanik haydovchidan uzr so‘ragani haqida e’lon chiqdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-03-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют