» » Yashnobod tumanidagi uyda bir vaqtning o‘zida uchta xonadon yonib ketdi

Yashnobod tumanidagi uyda bir vaqtning o‘zida uchta xonadon yonib ketdi


Toshkentning Yashnobod tumanidagi uyda bir vaqtning o‘zida uchta xonadon yonib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Toshkentning Pahlavon Mahmud 2-berk ko‘chasidagi 19-uyning umumiy hovlisida joylashgan 5, 6, 8-xonadonlardagi yong‘in haqida “101”ga 9-dekabr kuni 12:56 da xabar kelib tushgan.

O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 7 daqiqada yetib borgan. 13:14 ta yong‘inning tarqalishi cheklangan, 13:31 da esa to‘liq bartaraf qilingan.

Yong‘in oqibatida ushbu uylarning tomlari qisman zarar ko‘rgan hamda 5-xonadon ichki xonalarining bir qismiga zarar yetgan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in aynan shu yerda boshlangan.

Hodisaga elektr simidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют