» » Google’ning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida kompaniya xodimining jasadi topildi

Google’ning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida kompaniya xodimining jasadi topildi


7-dekabr kuni kechki payt Google’ning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida kompaniya xodimining jasadi topildi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.

22 yashar Skott Krulchikning jasadi farrosh tomonidan ofisning 6-qavatida topildi, voqea joyiga kelgan qutqaruvchilar uning hayotdan ko‘z yumganini qayd etdi.

Krulchikning jasadida jarohatlar yoki narkotiklar qabul qilingani alomatlari aniqlanmadi. O‘lim sabablariga jasad yorib ko‘rilganidan so‘ng oydinlik kiritiladi, tekshiruv davom etmoqda.

Marhum Google’da 2018-yil avgustidan beri ishlayotgandi, uning singlisi ham kompaniyaning San-Fransiskodagi shtab-kvartirasi faoliyat olib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют