» » Qulfsiz chegara: AQShga “sig‘may qolgan” muhojirlar Kanadaga qochmoqda (fotogalereya)

Qulfsiz chegara: AQShga “sig‘may qolgan” muhojirlar Kanadaga qochmoqda (fotogalereya)


Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari muhojirlari AQSh prezidenti Donald Trampning migratsiya siyosatidan qo‘rqib, Kanadaga qochyapti. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo hukumat millati va dinidan qa’ti nazar barcha qochoqlarni qabul qilishga tayyor ekanini aytdi. “Kommersant” AQSh va Kanada chegaralaridagi holatning fotogalereyasini taqdim qildi.

Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylanganidan keyin AQSh va Kanada chegaralarida migratsiya oqimi bir necha barobar oshdi.

O‘z navbatida Kanada rasmiylari qochoqlarga yordam berishga, noqonuniy migrantlarga mamlakatda o‘zlashib olishiga ko‘maklashishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

“Kanadaliklar bizning immigratsiya tizimimiz va chegaralarimiz daxlsizligiga, xavfsizlik izlayotgan odamlarga yordam berayotganimizga ishonmoqda”, – dedi Jastin Tryudo.

Kanada chegara xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilning yanvar oyida 452 kishi boshpana so‘rab kelgan. Bu 2016-yilning yanvar oyiga nisbatan 3 barobarga ko‘p.

Aksariyat hollarda qochoqlar Kvebek provinsiyasi chegarasidan o‘tmoqda. Lakolle nazorat-o‘tish punktida muhojirlarning barmoq izlari olinib, so‘rovnoma to‘ldiriladi. Agar chegara xizmati xodimlari qochoq xavf tug‘dirishi mumkin deb qaror qabul qilsa, u hibsga olinadi. Qolganlarga esa boshpana so‘rash uchun ruxsat beriladi.

Kanadaga kirishga ruxsat berilmagan yamanlik ayol yig‘lamoqda.

Kanada va AQSh o‘rtasida 2002-yildan buyon qochoqlar ikki mamlakatdan biridan boshpana so‘rasa, ikkinchisidan so‘ray olmasligi haqida kelishuv mavjud. Amnesty International huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari Kanada hukumatini ushbu kelishuvni bekor qilishga chaqirdi, ammo hozircha rad javobini oldi.

Kanadaga kelayotgan qochoqlarni ikki guruhga ajratish mumkin: AQShga viza olganlar hamda uzoq yillar davomida AQShda yashab, deportatsiya qilinishdan qo‘rqqanlar.

AQSh va Kanada chegarasida qo‘lga olingan Chad Respublikasi fuqarolari.

Oshib borayotgan qochoqlar oqimi Ontario va Monreal provinsiyasidagi Toronto, Gamilton va London rasmiylarini “boshpana-shaharlar”da migratsiya qonunini buzgan qochoqlar qonun tomonidan ta’qib qilinmasligini e’lon qilishga majbur etdi.

“Siz muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilmagan bo‘lsangiz, bu yerda qolishingiz mumkin”, – dedi Monreal provinsiyasi meri hamda Kanada sobiq immigratsiya vaziri Denis Koderr.

Kanada chegara xizmati va politsiya chegarada nazoratni kuchaytirmoqda. Jumladan, Kvebek provinsiyasiga boshqa hududdan huquq-tartibot xodimlari jalb etilmoqda.

Qochoqlar Kanada chegarasiga asosan piyoda yetib kelmoqda. Ko‘pchilik sovuqda 1 sutka o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Ba’zilar taksilarda ham chegaragacha yetib keladi.

Politsiyachi sudanlik qochoqlar oilasining farzandlarini chegaradan o‘tkazishga yordam bermoqda.

Chegarachilar yamanlik noqonuniy migrantlarni hibsga olmoqda.

“Biz qattiqqo‘l tizim va yordamga muhtoj odamlar o‘rtasida muvozanatni topishga harakat qilamiz”, – dedi Jastin Tryudo.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-03-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 60) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют