» » Kaliforniyada it egasini yonib ketgan uy oldida bir oy kutdi

Kaliforniyada it egasini yonib ketgan uy oldida bir oy kutdi


Kaliforniyadagi Kempfayr yong‘inida Medison laqabli itning vafosi barchani hayratga soldi, deya xabar berdi Forum Daily.

8-noyabr kuni Anatoliya zotidan bo‘lgan ovcharka egasi Andrea Geylord o‘zining Paradayzdagi uyiga yetib borolmagani sababli xavfli hududda qolib ketdi. Keyingi bir necha oy davomida Geylord o‘z iti uchun qila olgan yagona ish bu uning xavfsizligi uchun duoda bo‘lish edi.

“Qutqaruv tashkilotining ko‘ngillisi bo‘lgan Sheyla Sallivan Medison Migelni boshqa shahardagi boshpanaga joylashtirishni so‘radi, ammo it tutqich bermadi. Sallivan bir necha bor itni uy oldida ko‘rdi hamda unga yeguliklar qoldirdi. U itning odamlar qaytishiga bo‘lgan ishonchini saqlab qolish maqsadida uyning oldiga uning egasi Geylordning kiyimlarini qoldirdi.

Evakuatsiya haqidagi buyruq bekor qilingach, Geylord o‘zining vayron bo‘lgan uyi oldiga qaytdi va hali hamon umidini uzmay egasini poylayotgan Medisonni ko‘rdi, —deyiladi  xabarda.

Itining vafosi haqida Sallivan Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi xayriya tashkilotining sahifasida yozib qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Kaliforniyadagi Kempfayr yong‘ini 17 kun davomida 14 000 uyni vayron qildi, Paradayz shahri butunlay yonib ketdi.

Geylord yong‘inda hamma narsasidan ayrildi va hozirda boshpanasiz, ammo ayolning so‘zlariga ko‘ra, itining vafosi unga tasalli berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют