» » Jajjigina Nozimaning ko‘zlariga quvonch baxsh etaylik!

Jajjigina Nozimaning ko‘zlariga quvonch baxsh etaylik!


Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tug‘ilgan 10 yoshli Nozima ayni paytda og‘ir dard — leykozga chalingan. Uning orzulari bir olam, jajji qizaloq his-tuyg‘ularini qog‘ozga tushirib turadi — katta bo‘lganida shoira bo‘lishni maqsad qilgan.

Nozimaning davolanishi uchun katta mablag‘ talab etiladi. Uning otasi jigar sirrozidan vafot etgan. Yolg‘iz onasi esa nuridiydasining davolanishi uchun qo‘lidan kelgan barcha imkoniyatni ishga solmoqda. Biroq, bu dard osongina chekinmas ekan…

2018-yilning noyabr oyida Nozimaning mazasi qochadi. Qizaloqning badanida ko‘karishlar kuzatildi, uning ko‘ngli aynib, holsizlana boshladi. Nozima va uning 4 yoshli ukasini boqish maqsadida erta-yu kech tinim bilmay ishlaydigan ona qizalog‘ini shifokor ko‘rigiga olib borganida uni taqdirning navbatdagi sinovi kutib turgani oshkor bo‘ldi.

“Bu kasallikning davosiga juda katta mablag‘ ketarkan. Men bir oddiy onaman, biron bir boy badavlat qarindoshim yo‘q, turmush o‘rtog‘im olamdan o‘tganlar. Nozima qizimning dorilarini olish uchun qarindoshlardan katta qarz ko‘targanman. Hozirga kelib esa qiynalib qoldim. Sotadigan hech narsam ham yo‘q. Yaxshi insonlardan yordam so‘rayman”, — deydi Nozimaning onasi.

Hozirda oila Nozimaning kasalligi tufayli Toshkentda ijarada yashashga majbur bo‘lmoqda. Qizaloqning dorilarini sotib olishdan tashqari har oy ijara haqini to‘lash ham onani qiynab qo‘ymoqda. Shu sababli barcha saxovatpesha insonlardan qizaloqqa imkon qadar yordam berishni so‘raymiz!

Onasining telefon raqami: +998 90 746 39 27 

Plastik karta raqami: 8600 0417 0138 1189



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют