» » Huawei direktori sog‘ligi sabab uni garovga ozod qilishlarini so‘radi

Huawei direktori sog‘ligi sabab uni garovga ozod qilishlarini so‘radi


Kanadada hibsga olingan Xitoyning Huawei kompaniyasi moliya direktori Men Vanchjou o‘zini aybsizligini aytib, garovga ozod qilishni so‘ramoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

U hibsga olinganidan keyin salomatligi yomonlashgani va gipertoniya huruji bilan kasalxonaga yotqizilganini aytgan.

Avvalroq, AQShning Xitoydagi elchisi Terri Bransted XXR TIVga chaqirtirildi va unga “qat’iy norozilik” e’lon qilindi. Vazirlik AQSh Men Vanchjouni qo‘lga olish bo‘yicha mutlaqo asossiz so‘rov yuborganini ma’lum qildi. TIV uni qaytarib olishni talab qilmoqda.

Men Vanchjouga nisbatan olib borilayotgan sud jarayonlari oqibatida Xitoy Kanada provinsiyasi savdo delegatsiyasi bilan uchrashuvlarni bekor qilgan.

Men 1-dekabr kuni HSBC banki orqali noqonuniy tranzaksiyalar o‘tkazgani uchun Kanadada AQSh so‘rovi bilan qo‘lga olindi. HSBC banki AQShning sanksiya ostidagi mamlakatlari Eron, Sudan va Liviyaga pul o‘tkazmalari amalga oshirgani uchun ayblanmoqda. Uning qo‘lga olingani fond birjalarining tushib ketishiga olib keldi. Investor va analitiklar yuqori darajadagi top-menejerning qo‘lga olinishi Xitoy hukumatining e’tiboridan chetda qolmaslik hamda AQSh va Xitoy o‘rtasida munosabatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmasligini taxmin qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют