» » Qo‘ng‘irot un zavodida 1,1 mlrd so‘mlik kamomad aniqlandi

Qo‘ng‘irot un zavodida 1,1 mlrd so‘mlik kamomad aniqlandi


“Qo‘ng‘irot un zavodi” AJ tomonidan ishlab chiqarish uchun qabul qilib olingan jami 1700 tonna sholi mahsuloti moddiy javobgarlik shartnomasi asosida B. A.ning javobgarligiga berilib, Qonliko‘l tumani, “Jayxun” OFY hududida joylashgan, jamiyatga ijara shartnomasi asosida foydalanishga olingan omborga joylashtirilgan. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

“O‘zdonmahsulot” AK boshqaruv raisi buyrug‘iga asosan B. A.ning javobgarligidagi sholining kirim va chiqimi inventarizatsiyadan o‘tkazilganida 1 milliard 177 million 141 ming 861 so‘mlik 817 ming 902 kilogramm sholi mahsuloti kamomadi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют