» » Rossiya 2017-yilda qurol ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi

Rossiya 2017-yilda qurol ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi


Dunyo muammolarini o‘rganish bo‘yicha Stokgolm xalqaro instituti (SIPRI) tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, Rossiya 2017-yilda qurol ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Statistikada 100 ta yetakchi ishlab chiqaruvchilar bo‘lib, ularning umumiy savdo hajmi 398,2 milliard AQSh dollarni tashkil qilgan. Xitoy kompaniyalar ro‘yxatga kirmagan, sababi ularning ma’lumotlari mavjud emas.

Rossiya kompaniyasining qurol eksporti hajmi dunyo bozorining 9,5 foizini tashkil qildi. Bu qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish maqsadida amalga oshirilgan harbiy qurollar xaridi bilan bog‘liq.

Savdo hajmi bo‘yicha avvalgiday AQSh kompaniyalari yetakchi sanalmoqda, 2002-yildan buyon ikkinchi o‘rindan joy olgan Britaniya firmalari uchinchi pog‘onaga tushgan.

Dunyoning eng yirik qurol ishlab chiqaruvchisi sifatida Lockhead Martin Corp. va Boeing qolmoqda, ularning orasidagi tafovut 11 milliarddan 18 milliard AQSh dollargacha o‘sdi.

Mart oyida SIPRI qurol eksportining so‘nggi ikki besh yilligi statistikasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, 2008—2012-yillar bilan taqqoslaganda ushbu bozorda Rossiya ulushi 2013—2017-yillar bilan taqqoslaganda 4 foizga kamaydi, AQSh ulushi esa 4 foizga oshdi. Qurollar eksporti bo‘yicha beshlikka AQSh, Rossiya, Fransiya, Germaniya va Xitoy kirdi (74%).

Hindiston, Saudiya Arabistoni, Misr, BAA va Xitoy qurollarning yirik importyorlari (35%) sifatida qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют