» » Xitoylik baliq sotuvchi qiz internetda mashhur bo‘lib ketdi

Xitoylik baliq sotuvchi qiz internetda mashhur bo‘lib ketdi


Tayvan provinsiyasida yashovchi 26 yoshli Lyu Penpenning suratlarini onasiga baliq olgani kelgan erkak internetga joylagan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi. Ayolga “eng go‘zal baliq sotuvchisi” deb nom berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, qiz 13 yoshidan buyon baliq sotib, onasiga yordam beradi. U suratiga iliq munosabat bildirgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

Shundan buyon uning peshtaxtasi oldida muxlislari navbat kutadigan bo‘ldi. “Men bunday bo‘lishini hayolimga ham keltirmagandim, ishonish qiyin”, — deydi Lyu.

U model va videobloger sifatida faoliyat yuritadi.

“Meni suratga olayotgan odamlar baliq xarid qilishini ko‘proq istardim”, — deydi u jurnalistlarga.

Noyabr oyi oxirida Sinchen Szinszin ismli xitoylik qiz politsiyachi tomonidan qidiruvdagi surati e’lon qilinganidan so‘ng mashhurlikka erishgandi. Qiz eng go‘zal jinoyatchi nomini olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют