» » Lola Karimova-Tillayeva Kaliforniyadagi yong‘inlarda jabrlangan itlarga yordam beruvchi tashkilotni qo‘llab-quvvatlaydi

Lola Karimova-Tillayeva Kaliforniyadagi yong‘inlarda jabrlangan itlarga yordam beruvchi tashkilotni qo‘llab-quvvatlaydi


Lola Karimova-Tillayeva Kaliforniyadagi yong‘inlar oqibatida jabrlangan itlarga yordam beruvchi tashkilotni qo‘llab-quvvatlaydi. U bu haqda Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Biz Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida jabrlangan to‘rt oyoqlilarga yordam ko‘rsatish tariqasida itlarni qutqaruvchi wagsandwalks tashkilotini qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz”, — deb yozadi u.

Ma’lumot uchun, Kaliforniyada shtat tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘ini 8-noyabr kuni boshlangan edi. U 26-noyabr kuni batamom o‘chirildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inlar oqibatida 85 kishi halok bo‘lgan, 14 mingga yaqin uylar, 508 ta tijorat binolari va 4 mingdan ortiq boshqa inshootlar vayron bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirish uchun mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchilar va 73 ta o‘t o‘chirish mashinalari jalb qilindi. Yonish maydoni 62 ming gektardan ziyodroqni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют