» » Amirsoy tog‘-chang‘i kurortining ishga tushirilishi kechiktiriladi

Amirsoy tog‘-chang‘i kurortining ishga tushirilishi kechiktiriladi


O‘zbekistonda qurilayotgan eng yirik turistik obyektlardan biri Amirsoy tog‘-chang‘i kurortini qurish jarayonida avstriyalik quruvchilar muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda Spot xabar berdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi kurortni 15-dekabr kuni ishga tushirilmasligi mumkinligini ma’lum qildi. Loyiha uch bosqichdan iborat. Loyihaning ilk bosqichi ikkita dor yo‘li qurilishini o‘z ichiga oladi.

Qo‘mita Amirsoy kompaniyasi direktori o‘rinbosari Valera Kim bilan muloqotda elektr bilan uzluksiz ta’minlash tizimi bo‘yicha ishlar nihoyasiga yetgani haqida ma’lumot oldi.

“Tog‘ hududining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelgan vaziyat dor yo‘li qurilish ishlarining borishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi”, — deyiladi xabarda.

Ammo aloqador tashkilot va idoralar tomonidan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rildi.

Xususan, 7-dekabr holatiga ko‘ra avtomobil yo‘lini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari 92 foizga yakunlandi.

“Ushbu murakkabliklar sabab avstriyalik ishlab chiqaruvchilar va dor yo‘li quruvchilari o‘rindiqli dor yo‘lagini 2019-yilning yanvarida ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Qolgan qurilish ishlari hatto yengil bo‘lmagan sharoitda ham davom etadi”, — deyiladi xabarda.

Kompaniya hozirda Germaniya, Avstriya va Fransiya ishlab chiqaruvchilarining chang‘i, snovbord va boshqa jihozlarini ijara uchun xarid qilib qo‘ygan.

Aytish joizki, uzunligi 3 kilometrdan ortiq 2 ta osma dor yo‘li va jami 10 kilometrli turli murakkablikdagi 8 ta tog‘-chang‘i trassasining qurilish-montaj ishlari faol olib borilmoqda. Qish mavsumida umumiy uzunligi 21,3 kilometr bo‘lgan, turli murakkablikdagi 28 ta relyefli trassa tog‘ chang‘i ustalari va snovbordchilar ixtiyorida bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют