» » Deputat Rasul Kusherboyev propiska tizimi bo‘yicha qonunchilikda kutilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi

Deputat Rasul Kusherboyev propiska tizimi bo‘yicha qonunchilikda kutilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev propiska va pasport qoidalari bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar haqida o‘zining Telegram kanali orqali ma’lumot berdi.

Deputatning yozishicha, Qonunchilik palatasining 30-noyabr kungi yalpi majlisida deputatlar bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqqan. Shu jumladan, QL 418-sonli Qonun loyihasi ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan ma’qullangan.

Qonun loyihasiga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik kodeksining 223-modda uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning fuqarolarning pasportsiz yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz yashashiga yo‘l qo‘yishi, xuddi shuningdek fuqarolarning o‘z turar joylarida pasportsiz yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmagan shaxslar yashab turishiga yo‘l qo‘yishi

Endi amaldagi tahrirga e’tibor qilsak, unda “pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning fuqarolarning pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan yoxud vaqtincha yoki doimiy propiskasiz, turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashashiga yo‘l qo‘yishi, xuddi shuningdek fuqarolarning o‘z turar joylarida pasportsiz, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmagan shaxslar yashab turishiga yo‘l qo‘yishi

Shuningdek, yangi loyiha bilan o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxs o‘n olti yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘z vaqtida pasport olmagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmasligi belgilab qo‘yilmoqda.

Pasport tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini erkinlashtirish, Davlat dasturining 56-moddasi ijrosini ta’minlash maqsadida jarima miqdorini eng ish haqining 10 va 15 baravaridan 5 va 10 baravariga kamaytirish taklif etilgan.

Shuningdek, 418-sonli Qonun loyihasiga asosan Mehnat kodeksi 80-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilmoqda:

“Agar ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy bo‘lmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin”.

Amaldagi tahrir esa quyidagicha edi:

“Ishga kirayotgan shaxsning pasporti haqiqiy bo‘lmasa, xuddi shuningdek ishga kirayotgan shaxs vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmagan bo‘lsa ishga qabul qilish rad etilishi mumkin”, deb belgilangan.

Moddaning ko‘rib chiqilayotgan qismidagi o‘zgartirishlar fuqaroning propiskasi yoki yashash joyi bo‘yicha hisobda turmagani uning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini cheklash uchun asos bo‘la olmaydi. Bundan tashqari, vaqtincha yoki doimiy propiska yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turish shaxsni aniqlashga yordam bermaydi yoki mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun zarur ko‘nikmalardan dalolat bermaydi.

Qayd etilishicha, yuqoridagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qo‘rib chiqilib qabul qilingan va Senatga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют