» » “O‘zstandart” Fransiyaning ECOCERT idorasi bilan hamkorlik qiladi

“O‘zstandart” Fransiyaning ECOCERT idorasi bilan hamkorlik qiladi


GLOBAL G.A.P. va Organic standartlari talablariga muvofiq sertifikatlashtirish bo‘yicha xalqaro tan olingan Fransiyaning ECOCERT sertifikatlashtirish idorasi va Respublika sinov sertifikatlashtirish idorasi o‘rtasida memorandum imzolandi. Bu haqda “O‘zstandart” agentligi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

ECOCERT sertifikatlashtirish idorasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini GLOBAL G.A.P. va Organic standartlari asosida sertifikatlashtirishda va ekspertlar tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatadi.

Bugungi kunda xalqaro tajriba Yevropa bozorlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda GLOBAL G.A.P. sertifikati muhim ekanligini ko‘rsatadi. BMT Taraqqiyot Dasturining “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida tayyorlangan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda GLOBAL G.A.P. tizimi tomonidan dunyoning 124 dan ziyod mamlakatlaridagi ishlab chiqaruvchilar sertifikatlangan. Sertifikatga ega xo‘jaliklarning umumiy soni 170000 dan oshadi, sertifikatlangan xo‘jaliklarning umumiy sonidan uzimchilik mahsulotlar (shu jumladan meva va sabzavotlar) ulushi taxminan 75 foizni, chorvachilik mahsulotlarining ulushi 15 foizni, akvaekinlar ulushi esa 10 foizni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют