» » Jizzaxda yetti oyda uch aka-uka olamdan o‘tdi. Ulardan ikki nafari o‘zini osgan

Jizzaxda yetti oyda uch aka-uka olamdan o‘tdi. Ulardan ikki nafari o‘zini osgan


Jizzax viloyati Forish tumanidagi “Qo‘lba” MFY, “Ko‘hna bozor” qishlog‘ida M. oilasida katta fojea. Yetti oy ichida aka-uka o‘zini osdi, uchinchi aka yurak xurujidan vafot etdi.

Bosh prokuratura bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 3-may kuni 1988-yilda tug‘ilgan, Yo.M. o‘z xonadoni yonida joylashgan og‘ilxonaning yog‘och shiftiga arqon bilan o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Mazkur xabarga asosan voqea joyi tuman prokurori rahbarligidagi tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, yog‘och bolordan yechib olingan arqon ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, Yo.M.ning o‘limi bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan siqilishi oqibatida mexanik asfiksiya natijasida sodir bo‘lgan va uning tanasida boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan.

Ushbu holat yuzasidan Forish tuman prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, 20-may Jinoyat kodeksining 83-moddasi 2-bandi (uning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa)ga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan.

Shu yil 23-noyabr kuni 1983-yilda tug‘ilgan, E.M. o‘zi yashash hovlisidagi pichan g‘aramlari saqlanadigan ayvon yog‘och shiftiga arqon bilan o‘zini osib, joniga qasd qilganligi haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan voqea joyi tuman prokurori rahbarligidagi tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, yog‘och bolordan yechib olingan arqon ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Sud-tibbiy ekspertizasining 23-noyabrda olingan dastlabki xulosasida E.M.ning o‘limi yuqori nafas yo‘llarining mexanik asfiksiya natijasida sodir bo‘lgani va uning tanasida boshqa tan jarohatlari aniqlanmagani ko‘rsatilgan.

Ushbu holat yuzasidan Forish tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

3-dekabrda 1977-yilda tug‘ilgan M.A. marhum ukasi Yo.M. bilan birga istiqomat qilgan uyida to‘satdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan marhum M.A.ning yaqin qarindoshlaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, uning o‘limi yurak sohasidagi kasallik oqibatida sodir bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют