» » Qozog‘istonlik tadbirkorlar: O‘zbekistonga go‘sht eksport qilish ko‘proq foyda keltiryapti

Qozog‘istonlik tadbirkorlar: O‘zbekistonga go‘sht eksport qilish ko‘proq foyda keltiryapti


Qozog‘istonning Chimkent shahrida meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari narxi oshdi. Tadbirkorlar buni joriy yilda kamhosil mavsum kuzatilgani, zaxira fondi viloyatning yangi markaziga ko‘chirilgani va xorijdan mahsulotlar olib kirish bilan bog‘lamoqda, deb yozadi “Xalq so‘zi Online” “Astana” telekanaliga asoslanib.

Hududda eng kutilmagani go‘sht narxining ko‘tarilishi bo‘ldi. Bir necha hafta ichida bir kilogramm mol go‘shti 1400 tengedan 1600 tengegacha oshib ketgan.

Sotuvchilarning aytishicha, bozorlarga go‘sht yetkazib berish keskin qisqarib ketgan. Ulgurji savdogarlar mahsulotning katta qismini O‘zbekistonga olib chiqishmoqda.

Ishbilarmon Jamiddin Yuldashxo‘jayevning aytishicha, O‘zbekistonga go‘sht eksport qilish ko‘proq foyda keltiryapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют