» » O‘zbekistonda bojxona yig‘imlari stavkalari optimallashtirish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda bojxona yig‘imlari stavkalari optimallashtirish taklif etilmoqda


Davlat bojxona xizmati tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Bojxona yig‘imlari stavkalarini optimallashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi, deb xabar bermoqda Spot.

Qaror loyihasida 2019-yil 1-yanvardan boshlab bojxona yig‘imlari stavkalarini optimallashtirish taklif etilmoqda.

Misol uchun, tovarlarni bojxona tizmilarida (“eksport”, “bojxona hududida qayta ishlash” hamda “bojxona hududidan tashqarisida qayta ishlash” bundan mustasno) yuk bojxona deklaratsiyasini taqdim qilish yo‘li bilan bojxona narx ekvivalenti $10 ming –  eng kam ish haqqining bir (1) barobarida; $20 ming – eng kam ish haqqining ikki (2) barobarida; $40 minggacha bo‘lganda– eng kam ish haqqining besh (5) barobarida o‘tkazish taklif etilmoqda.

Tovarlarni bojxona tizmida “eksport”, “bojxona hududida qayta ishlash” hamda “bojxona hududidan tashqarisida qayta ishlash”da deklaratsiyasini to‘ldirishda eng kam ish haqqining yarim (0,5) barobarida miqdorida bojxona stavkasini belgilash taklif etilmoqda.

Loyiha bilan batafsil quydagi havola orqali o‘tib, batafsil tanishingiz mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют