» » Rossiya hukumati xorijiy ishchilar uchun kvotani 20 foiz qisqartirdi

Rossiya hukumati xorijiy ishchilar uchun kvotani 20 foiz qisqartirdi


Rossiyada xorijiy ishchilar uchun 2019-yilga mo‘ljallangan kvota tasdiqlandi. Keyingi yilda Rossiyaga 2018-yilga nisbatan 20 foiz kam xorijiy ishchilar jalb qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi qarorni 8-dekabr kuni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev imzolagan, deb yozadi Turon24.

Qarorga muvofiq kelgusi yilda Rossiyada xorijiy ishchilar uchun 144 583 ta o‘rin ajratiladi. Bu 2018-yilga belgilangan kvotaning 81 foiziga teng. 2018-yilda 178 450 ta o‘rin ajratilgan edi.

Rossiya federal migratsiya xizmati mamlakatda O‘zbekiston, Tojikiston va Ukraina mehnat muhojirlari ko‘pchilikni tashkil etishi haqida ma’lumot bergan edi.

Bundan biroz avval “Izvestiya” gazetasiga Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin O‘zbekiston va Rossiya istiqbolda nafaqa bo‘yicha bitim imzolashi mumkinligini aytgan. Unga ko‘ra, Rossiyada qonuniy ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar muayyan nafaqa to‘lovini olishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...