» » Lufthansa O‘zbekistonda aviaqatnovlarni qayta tiklashga qiziqmoqda

Lufthansa O‘zbekistonda aviaqatnovlarni qayta tiklashga qiziqmoqda


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 6-dekabr, payshanba kuni Lufthansa aviakompaniyasining MDHdagi mintaqaviy direktori Ronald Shuls bilan hamkorlik to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Lufthansa Germaniya aviakompaniyasining O‘zbekistonga doimiy parvozlarini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif etdi. Hozirda Lufthansa Frankfurt—Boku—Ashxobod yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlarini Frankfurt—Boku—Toshkentga o‘zgartirishni mo‘ljallamoqda. Boshlang‘ich bosqichda haftasiga uchta reysni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston tomoni yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Uchrashuvda O‘zbekistondagi qator mintaqaviy aeroportlar, jumladan Qarshi va Andijondagi aeroportlar uchun “ochiq osmon” tamoyilini joriy etish masalasi ham muhokama qilindi.

Tomonlar Germaniya aviakompaniyasi O‘zbekistonni Yevropadan Janubi-Sharqiy Osiyoga amalga oshiriluvchi reyslar uchun tranzit aviatsion xab sifatida ko‘rish mumkinligini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, 1993-yildan 2001-yilgacha Lufthansa Toshkentdan Frankfurtga doimiy yo‘lovchi reyslarini amalga oshirgan. Yo‘nalish 2001-yil 11-sentabr hodisalaridan so‘ng aviatashuvlarga talab tushib ketgani munosabati bilan yopilgan. Reyslar 2010-yilda qayta tiklangan, biroq tez orada yana to‘xtatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют