» » Regbi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Toshkent harbiy okrugi jamoasi g‘olib bo‘ldi

Regbi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Toshkent harbiy okrugi jamoasi g‘olib bo‘ldi


Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti hamda Samarqand kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi sport bazasida O‘zbekiston miqyosida erkaklar o‘rtasidagi regbi-15 chempionatining bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mazkur musobaqada jami 8 ta jamoa 2 guruhga bo‘lingan holda kurash olib bordi. “A” guruhida Toshkent harbiy okrugi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Qurolli kuchlar akademiyasi hamda Mudofaa vazirligi sport klubi jamoalari o‘zaro bellashgan bo‘lsa, “B” guruhida esa Markaziy, Sharqiy harbiy okruglari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug jamoalari kuch sinashdi.

30-noyabr kuni boshlangan murosasiz bellashuvlarning final bosqichi kecha, 9-dekabr kuni Chirchiq oliy tank qo‘mononlik-muhandislik bilim yurti sport maydonida Toshkent harbiy okrugi hamda Sharqiy harbiy okrugi jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Qishning sovuq havosi va yomg‘irlar ostida kechgan kurashlarda o‘zining yuqori saviyadagi o‘yinini namoyish eta olgan Toshkent harbiy okrugi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, chempionlikka erishdi.

Chempionat g‘olib va sovrindorlari tegishli kubog, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Turnirning yopilish marosimida so‘zga chiqqan Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari – O‘zbekiston regbi federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari polkovnik Shuhrat Ikramov barcha ishtirokchilarni qutlab, ularga minnatdorchilik bildirdi va keyingi musobaqalarda omad yor bo‘lishini tiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 58) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют