» » O‘zbekiston Yevropaning bir qator davlatlari uchun vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Yevropaning bir qator davlatlari uchun vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda


O‘zbekiston bir qator davlatlar, jumladan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun vizasiz rejimni joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Lufthanza’ning MDHdagi mintaqaviy direktori Ronald Shulsning muzokaralari davomida ma’lum qilindi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston joriy yilning 5-oktabridan Fransiya fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy etdi, mart oyi boshidan esa — Tojikiston fuqarolariga.

Fevral oyida respublika yetti mamlakatning fuqarolari uchun vizasiz rejimni yo‘lga qo‘ygan edi. Endilikda Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va yaponiyalik sayyohlar kelgan kunidan boshlab 30 kun davomida vizasiz mamlakatda bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, 2018-yilning 10-fevralidan sayyohlik vizalarini rasmiylashtirishga soddalashtirilgan tartib joriy etilgan 39 ta davlatdan iborat ro‘yxat tasdiqlandi.

2018-yilning to‘qqiz oyi davomida O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik fuqarolar soni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 2 barobar oshib, 4,4 million kishini tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют