» » O‘zbekiston maktablarida ayrim fanlarning dars soatlari kamaytiriladi

O‘zbekiston maktablarida ayrim fanlarning dars soatlari kamaytiriladi


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’limning amaldagi tayanch o‘quv rejasini qayta ko‘rib chiqib, 2019—2020-o‘quv yilidan boshlab uni 10 foizga qisqartiradi. Bu haqda vazirlik xabarida aytiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda va Internet nashrlarida 2019—2020-yillarda umumta’lim maktablaridagi tayanch o‘quv rejasi to‘g‘risida hujjat chop etildi. Ushbu hujjatda ayrim fanlarning dars soatlarini kamaytirilishi nazarda tutilgan.

Ushbu hujjat asosida ba’zi darslik mualliflari, o‘qituvchi va pedagoglar nima uchun bu yoki u fanning soati kamayishi kerak degan savol bilan bir qator maqolalar chop etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi shuni ma’lum qiladiki, 2019—2020-o‘quv yillari uchun umumta’lim maktablarining tayanch o‘quv rejasi hali tasdiqlanmagan.

Hozirgi kunda Xalq ta’limi vazirligi maktab ta’limi tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ko‘plab tashabbuslarni amalga oshirish ustida ish olib bormoqda. Ba’zi loyihalar ekspertlar tomonidan taklif bildirilgan bo‘lsa, yana ba’zilari moliya va boshqa sohaga oid masalalarga mas’ul davlat organlari tomonidan takliflar berilmoqda.

Shunday tashabbuslardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan.

Mazkur qarorning 18-bandiga asosan, Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’limning amaldagi tayanch o‘quv rejasini qayta ko‘rib chiqib, 2019—2020-o‘quv yilidan boshlab 10 foizga qisqartirish hamda mazkur fanlar bo‘yicha dars soatlari qisqartirilgan mutaxassislarni talab yuqori bo‘lgan boshqa o‘quv fanlarga bepul qayta tayyorlab o‘tkazishi lozim. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha takliflar 2019-yilning 1-avgustiga qadar ishlab chiqilishi belgilangan.

Hozir tegishli vazirlik va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 18-bandini bajarish yuzasidan takliflar tayyorlash ustida ish olib bormoqda.

Ushbu jarayon davomida, shubhasiz, barcha fan predmetlari ularning zamonaviy talablarga javob bera olishi bo‘yicha tahlil etiladi, bu esa darsliklarni yangilanishiga olib keladi.

O‘quv rejasini qayta ko‘rib chiqishdan asosiy maqsad — bitiruvchilar hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari va muvaffaqiyatga erishishlari uchun kerakli bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar berish orqali ta’lim sifatini yaxshilash.

O‘quv rejasi bo‘yicha qaror ayrim kishilarning nuqtai nazaridan emas, badki mamlakat va bolalar manfaatlarini hisobga olgan holda qabul qilinishi lozim.

Muhokamalarda davlat ta’lim standartlari negizida bir necha ssenariylar ko‘rinishidagi o‘quv rejalari ishlab chiqiladi. Yakuniy ssenariylar loyihalari keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют