» » O‘zbekistonda yil boshidan buyon 623 nafar mahbus afv etildi, 590 kishi sudlar tomonidan oqlandi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 623 nafar mahbus afv etildi, 590 kishi sudlar tomonidan oqlandi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan va ayni paytda ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan 136 nafar shaxsni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb yozadi Norma.

Prezident jinoyat sudi sohasidagi ijobiy dinamikaga urg‘u berdi. Keyingi ikki yilda sudlar mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar joriy yilning o‘zida 1 ming 881 ta jinoyat ishining dalillar yetarli bo‘lmaganligi sababli tugatilishiga olib keldi. Sudlar tomonidan 590 nafar shaxs oqlandi ( 2016 yilda — bor-yo‘g‘i 28, 2017-yilda esa 263 nafarni tashkil etgan).

Shuningdek, 5 ming 462 nafar shaxsga nisbatan tergovda asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi, 2 ming 449 nafar shaxs esa sud zalidan ozod qilindi.

Insonparvarlik tamoyili asosida mutlaqo yangi amaliyot joriy etilmoqda. Buning natijasida jinoyat yo‘liga adashib kirib, qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lgan 993 nafar fuqaro, jumladan, 456 nafar yigit-qiz hamda 113 nafar ayol Yoshlar ittifoqi, mahallalar va xotin-qizlar qo‘mitalarining kafilligi bilan jazodan ozod qilindi.

Shuningdek, jazoni o‘tayotgan 3 ming 333 nafar, jumladan, faoliyati man etilgan tashkilotlarga kirib qolgan 646 nafar mahkum afv etilib, oilasi bag‘riga qaytarildi.

Sudlarda ishlarni yillar davomida qayta-qayta ko‘rish amaliyotiga butunlay chek qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют