» » Osloda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

Osloda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi


Norvegiya poytaxtida tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Vesti”.

Joriy yilda kongolik ginekolog shifokor Denis Mukvege va huquq himoyachisi Nadya Murad ushbu mukofotga loyiq deb topildi. Nobel qo‘mitasi qarorida ular harbiy mojarolar vaqtida jinsiy jinoyatlarga e’tibor qaratishda hal qiluvchi hissa qo‘shganligi ta’kidlandi.

Laureatlarni Norvegiya nobel qo‘mitasining rahbari Berit Reiss-Andersen tanishtirdi. Shundan so‘ng konsert va laureatlarga diplom va medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nobel mukofotining miqdori 2018-yilda 9 million Shvetsiya kronini (bir million AQSh dollari) tashkil etdi.

Marosim yakunida laureatlar o‘z ma’ruzalarini o‘qib eshittirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют