» » O‘zbekistonda mahkumlar jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ldi

O‘zbekistonda mahkumlar jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ldi


Qonunchilik palatasi yalpi majlisida deputatlar mahkumlarning huquqlarini kengaytirish va sharoitlarini yaxshilash masalasiga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqib, ma’qulladi. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya qodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ko‘rib chiqilib, unga ko‘ra kodeksning 9-moddasiga qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, mahkumlar “ob-havo sharoiti yo‘l qo‘ysa, ish vaqtidan bo‘sh paytlarida toza havoda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish, jazoni o‘tash muassasasi psixologik xizmati xodimlari tomonidan ko‘rsatiladigan psixologik yordam olish huquqiga ega bo‘ldi.

Shu bilan birga mahkumlar psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarda faqat ularning roziligi bilan ishtirok etadi, mehnat qonunchiligiga muvofiq xavfsiz mehnat sharoiti, dam olish, ta’til, shuningdek, mehnatga haq to‘lanishi bo‘yicha qo‘shimcha huquqlari belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют