» » O‘zbekiston sport ta’limida Belarus tajribasi joriy etiladi

O‘zbekiston sport ta’limida Belarus tajribasi joriy etiladi


Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Belarusga qilgan ishchi tashrifi davomida bu yerda yo‘lga qo‘yilgan sport mutaxassislarini tayyorlash tizimi bilan tanishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Maktabgacha va o‘rta ta’lim muassasalari, sport maktab-internatlari hamda olimpiya zaxiralari maktablari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda sport ta’limi va diversifikatsiyaning ahamiyatiga urg‘u berib o‘tildi.

Tashrif davomida Belarus milliy terma jamoalari zaxirasini ta’minlashda hamda umumiy va o‘rta muassasalari uchun yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda tayanch muassasa hisoblangan Respublika davlat olimpiya zaxiralari bilim yurtida sport mutaxassislari tayyorlash tajribasi o‘rganildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan mazkur bilim yurtiga o‘quvchilarni tanlab olish va tayyorlashda amalga qilinayotgan tizim hamda tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar ko‘rib chiqildi. Tomonlar belaruslik mutaxassislarni jalb qilgan holda O‘zbekistondagi olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida ushbu tizimni joriy etish bo‘yicha kelishib oldi.

Shuningdek, delegatsiya Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliy ta’lim muassasasi o‘quv bazasi (yengil atletika maneji, suzish havzasi, trenajyor, batut va chigal yozdi zallari), sport sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash jarayonining tashkil etilishi hamda universitetning kafedralararo o‘quv-ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi bilan tanishdilar.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bazasida Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda fakultet ochish orqali ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

2019—2020-o‘quv yilidan boshlab hamkorlikdagi fakultetda kadrlar tayyorlash 2+2 tartibida amalga oshiradi, bunda talabalarga 2 yil O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bazasida nazariy bilimlar o‘qitilsa, keyingi 2 yil Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining o‘quv-amaliy (sport) bazalarida ta’lim beriladi.

Bundan tashqari, tomonlar qishki sport turlari bo‘yicha trenerlar tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 1) ( 90) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...