» » 2018-yilda dunyoda eng ommabop bo‘lgan bolalar ismlari ma’lum qilindi

2018-yilda dunyoda eng ommabop bo‘lgan bolalar ismlari ma’lum qilindi


Buyuk Britaniya qirollik oilasi a’zolarining ismlarini bolalarga qo‘yish 2018-yilda trend bo‘ldi. Bu haqda Baby Centre’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Shahzoda Garri va Megan Marklning nikoh to‘yidan keyin Megan ismining ommabopligi 49 foizga o‘sgan. Shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning o‘g‘li Luining ismi mashhurligi 17 foizga o‘sgan.

Portal tomonidan 2018-yilda 9 ta mamlakatdagi qizlar va o‘g‘li bolalar ismlarining eng ommabop 10 taligi e’lon qilingan. AQSh va Buyuk Britaniyada eng ommabop qiz bolalar ismlari qatoridan Emma, Ava, Mia, Oliviya o‘rin olgan bo‘lsa, o‘g‘il bolalar ismlari orasida Noa, Liam, Jekson va Lukas eng ommabop bo‘lgan. Arab mamlakatlarida bolalarning eng ommabop ismlari Maryam va Muhammad bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 00:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют