» » O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz davlat organiga aylantirildi

O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz davlat organiga aylantirildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz inson huquqlari sohasidagi O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarini bajarish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi, milliy ma’ruzalar tayyorlanishi, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni ta’minlovchi davlat organi hisoblanadi.

Markaz o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi.

Markaz har yili Prezident, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi.

Inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarishda faol va bevosita ishtirok etish, idoralararo hamkorlik qilish inson huquqlarini himoya qilish sohasida davlat organlari, shu jumladan, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar markaz faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga rioya qilish va ularni cheklash masalalari bo‘yicha qonun loyihalari markaz bilan majburiy ravishda kelishiladi.

Markaz direktori maqomi, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha vazirga, direktorning birinchi o‘rinbosari vazirning birinchi o‘rinbosariga, direktor o‘rinbosari vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют