» » Pastdarg‘omdagi avariya holatidagi ko‘prik qulab tushishi mumkin

Pastdarg‘omdagi avariya holatidagi ko‘prik qulab tushishi mumkin


Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi Eski Charxin posti yonida temiryo‘l ustidagi ko‘prik avariya holatga tushib qolgan, deya ma’lum qildi “Xabar.uz”.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘prik Oqdaryo tumanidan o‘tuvchi M-37 “Samarqand—Buxoro—Turkmanboshi” avtomobil yo‘liga borib tutashadi.

“Bu yo‘ldan kuniga minglab yengil va og‘ir yuk avtomobillari qatnaydi. Yo‘lning hozirgi holati esa juda xavfli va ayanchli. Ko‘prikdan yurak hovuchlab o‘tasiz, mashinangiz g‘ildiragi tushib ketar darajada betonlarda yoriqlar paydo bo‘lgan”, – deyiladi xabarda.

Hozirda ko‘prikning o‘ta yaroqsiz holatdagi qismi yopib qo‘yilgan, og‘ir yuk mashinalari va yengil mashinalar ko‘prikdan bir tomonlama harakatlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют