» » Toshkentda militsiyaning elektron tarmog‘i yaratildi. U hujjati yo‘q kishilarning shaxsini bir necha soniyada aniqlab beradi

Toshkentda militsiyaning elektron tarmog‘i yaratildi. U hujjati yo‘q kishilarning shaxsini bir necha soniyada aniqlab beradi


Toshkentda huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini yanada oshirishda zamonaviy texnologiyalar roliga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Unda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida zamonaviy elektron tizimlar va ma’lumotlar bazasining imkoniyatlari va ulardan foydalanish tajribasi taqdim etilgan.

Tadbirda IIV xodimlari, O‘zbekistonning barcha hududlaridan huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha nozirlar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Ma’lum qilishlaricha, ayni paytda Toshkent shahar militsiya tayanch punktlarini birlashtiradigan yagona elektron tarmoq yaratilgan.

Ushbu dasturiy ta’minot sanoqli soniyalar ichida zarur ma’lumotga ega bo‘lish, yonida ma’lum bir hujjati bo‘lmagan kishilarning shaxsini tezkor aniqlash imkonini beradi.

Axborotlar bazasi muntazam ravishda vazirlik va idoralardan qabul qilinadigan yangi ma’lumotlar bilan boyitib boriladi.

Mavzuga doir: Qarshi shahrida barcha militsiya tayanch punktlarini bir-biri bilan bog‘lovchi optik tolali tizim tashkil etiladi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-03-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют