» » Buxoroda MIB xodimini do‘pposlagan shaxslarga nisbatan sud hukmi chiqarildi

Buxoroda MIB xodimini do‘pposlagan shaxslarga nisbatan sud hukmi chiqarildi


Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaro A.Omonov yashash xonadonida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, noqonuniy foydalanib kelgan, deb xabar berdi Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudi matbuot xizmati.

Bu qonunbuzarlik Majburiy ijro byurosi Qorako‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilayotgan paytda aka-uka Omonovlar hokimiyat vakillarining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, fuqaro A.Omonov MIB xodimlarini urib, tan jarohati yetkazadi. Sh.Omonov esa ularni haqorat qiladi.

Oila budjetiga noqonuniy yo‘l bilan foyda keltirmoqchi bo‘lib, davlatga zarar yetkazgan va buni xaspo‘shlash yo‘lida jinoyat yo‘liga kirgan aka-uka Omonovlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish) va 140-moddalari (haqorat qilish) bilan aybdor deb topilib, 2018-yil 29-noyabr kunidagi sud hukmiga ko‘ra fuqaro A.Omonov 2 yil, fuqaro Sh.Omonov esa 1 yilu 6 oy muddatga har oylik ish haqining 20 % ni davlat daromadi hisobiga undirish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют