» » Buxoroda chet korxonasini o‘margan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi

Buxoroda chet korxonasini o‘margan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi


Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudida o‘g‘irlik sodir etgan 4 kishiga nisbatan hukm o‘qildi. Bu haqda sud matbuot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.

Qorako‘l tumanida yashovchi fuqarolar J.Rahmonov, O‘.Ahmedov, U.Shodmonov va A.Hojiyevlar Koreya Respublikasining “Dong Seung Korea” MChJ tomonidan qurilish ishlari olib borilayotgan Qorako‘l tumanidagi “Harbiy shaharcha”da qorovul bo‘lib ishlab kelib, o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirgan holda xizmat vazifasini bajarayotgan bir kechada MChJga tegishli bo‘lgan jami bahosi 23 496 240 so‘mlik qurilish materiallarini o‘g‘irlab olib, o‘zga shaxslarga sotib yuboradi.

Ichki ishlar bo‘limi xodimlarining sa’y-harakatlari bilan jinoyat tezda fosh etilib, tergov va sud jarayonidachet el korxonasiga yetkazilgan zarar to‘liq undirildi. Fuqarolar J.Rahmonov, O‘.Ahmedov, U.Shodmonov va A.Hojiyevlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan aybdor deb topilib, ularning biri 2 yil muddatda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tab, har oylik ish haqining 20 % ni davlat daromadi hisobiga to‘laydigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют