» » Farg‘onalik erkak avval bosqinchilik qildi, shu kunning o‘zida mashina o‘g‘irladi

Farg‘onalik erkak avval bosqinchilik qildi, shu kunning o‘zida mashina o‘g‘irladi


6-dekabr kuni Farg‘ona shahri Yangi asr ko‘chasi oldida I.G‘, T.T.ning Matiz rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, uni pichoq bilan qo‘rqitib, puli va Samsung mobil telefonini olib ketgan, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Foto: “Bezumno.ru”

Bundan tashqari I.G‘. shu kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida F.M.ning boshqaruvidagi Nexia, avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, uni pichoq bilan qo‘rqitib, fuqarolik pasportini tortib olib, haydovchini tushirib yuborib, avtomashinani noma’lum tomonga haydab qochganligi ham ma’lum bo‘ldi.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Ohangaron tumani hududida texnik soz holda topilgan. Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют