» » GROHE interaktiv ko‘rgazmasi O‘zbekistonda!

GROHE interaktiv ko‘rgazmasi O‘zbekistonda!


Hozirgi kunda O‘zbekiston bozori ko‘plab yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar investorlari uchun ochiq, shuning uchun GROHE kompaniyasi ham ushbu imkoniyatdan unumli foydalanmoqda.

GROHE  Zamonaviy santexnika va “aqlli” maishiy jihozlar ishlab chiqarish sohasidagi nemis novatori bir necha yildan beri GROHE Truck Tour xalqaro turnesini o‘tkazib kelmoqda!

Tur doirasida maxsus jihozlangan harakatlanuvchi shourumlar-yuk mashinalarida brendning yangi mahsulotlari taqdimoti o‘tkaziladi.

Yuk mashinalari konstruksiyasi shunday tuzilganki, butun dunyo bo‘yicha mijozlar uchun kompaniya mahsulotlari oson ma’lumot olishga, santexnika sanoati rivojiga mablag‘ kiritishga, mahsulotlar bilan yaqindan tanishishga va hamkorlar doirasini kengaytirishga qulay tarzda namoyish etiladi.

Turnedagi barcha yuk mashinalari portativ vodoprovod va elektr generatori bilan ta’minlangan bo‘lib, bu esa GROHE mahsulotlarini muammosiz namoyish etish imkonini beradi.

Joriy yilda harakatlanuvchi ko‘rgazma 40 dan ortiq mamlakatga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

27-noyabrdan 5-dekabrgacha esa GROHE Truck Tour yuk mashinalaridan biri O‘zbekiston hududida bo‘ldi — Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari GROHE Truck Tour katta qiziqish bilan kutib oldi!

Har yilgi GROHE Truck Tour nafaqat santexnika sanoati professionallari, balki barqaror sifat va zamonaviy dizaynni qadrlovchilar — to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanuvchilar, dizayner va arxitektorlar uchun ham tashkil etiladi.

Tadbir tashkilotchilari O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab turnening mazmunli dasturini tashkil etishga jonbozlik ko‘rsatgan holda yondashdi. Ular professionallar va mahalliy aholi tanishishi uchun ko‘plab yangi mahsulotlar olib keldi, mahorat darslari o‘tkazdi, mahsulotlarni sinab ko‘rish imkoniyatini yaratdi, GROHE “aqlli” tizimlaridan foydalanishga doir ko‘rgazmali namoyishlar o‘tkazdi.

Yakunda dasturning barcha ishtirokchilari batafsil konsultatsiya va xususiy biznesini rivojlantirish bo‘yicha maxsus broshyuralarga ega bo‘ldi.

Bugungi kunda kompaniya Toshkent, Samarqand va Farg‘onada savdo vakillariga ega hamda kelgusida O‘zbekistonning bosha shaharlarida ham yangi do‘konlar ochishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, GROHE innovatsion uslubga ega, muhim kasb—21-asr santexnigi kasbini targ‘ib qilish va shakllantirish maqsadida texnikumlar rivojiga ham faol ravishda investitsiya kiritib kelmoqda.

Birinchi texnikumni kompaniya Toshkentda ochdi.

Yangiliklar, maxsus takliflar va dasturlar bilan kompaniya sayti — www.grohe.uz’da, shuningdek, bevosita O‘zbekistondagi GROHE do‘konlarida tanishish mumkin.

Biroq kelgusi yilda GROHE Truck Tour ko‘rgazmasini o‘tkazib yubormaslikka harakat qiling! Bu hayratlanarli tarzda jonli va o‘z uslubiga ega ko‘rgazma!

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют