» » “O‘zbekkino” rahbari Yevroittifoq elchisi bilan uchrashdi. May oyida O‘zbekistonda Yevropa filmlari festivali o‘tkaziladi

“O‘zbekkino” rahbari Yevroittifoq elchisi bilan uchrashdi. May oyida O‘zbekistonda Yevropa filmlari festivali o‘tkaziladi


“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elchi Eduards Stiprays bilan uchrashuvdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda 2017-yilda hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar, jumladan, may oyida O‘zbekistonda beshinchi bor tashkil etiladigan Yevropa filmlari festivalini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuvda bu kabi madaniy tadbirlarning muntazam ravishda o‘tkazilib borilishi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro do‘stona aloqalarning yanada mustahkamlanishi va rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Yevropa filmlari festivali “O‘zbekkino” Milliy agentligi va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi hamkorligida 2013-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-03-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют