» » Farg‘onalik fuqaro 75 yoshida birinchi marta tug‘ilganlik haqida guvohnoma va pasport oldi

Farg‘onalik fuqaro 75 yoshida birinchi marta tug‘ilganlik haqida guvohnoma va pasport oldi


Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani Xonqiz qishlog‘ida tug‘ilgan Muzaxpar Umarovning shu paytgacha na tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, na pasporti bor edi. U yagona hujjat –  harbiy biletga ega edi, xolos. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Qishloq ahlining oilasiz, boquvchisiz, tuzukroq boshpanasiz bo‘lgan 75 yoshli Muzaxpar akaga bir necha bor pasport olishga urinishlari besamar ketdi. Urush yillariga to‘g‘ri kelganligi uchunmi, o‘sha paytlardagi kimningdir e’tiborsizligi natijasimi, xullas, bu insonga 1943-yilda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yozilmay qolgan edi.

Xonqizliklar shu masalada viloyat adliya boshqarmasiga murojaat etishdi.

Ushbu ishga taalluqli bo‘lgan va kerakli davlat tashkilotlaridan hujjatlarni olish, tayyorlash Jayxun mahalla oqsoqoli Ro‘zali Axmatovga yuklatildi.

Farg‘ona tumani FHDYo bo‘limiga murojaat qilinganida, arxiv hujjatlari orasidan M.Umarovga tug‘ilganligini qayd etish guvohnomasi berilmagani aniqlandi. Xonqiz qishlog‘i ahli nomidan yozilgan iltimosnomaga asosan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Farg‘ona tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Sud tomonidan ochiq sayyor sud o‘tkazilib, dalolatnomada Muzaxpar Umarov 1943-yilning 5-mayida tug‘ilganlik haqidagi faktni belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Qaror Farg‘ona tumani 2-sonli FHDYo bo‘limiga berildi va shu vaqtning o‘zida M.Umarovga tug‘ilganligini tasdiqlovchi guvohnoma yozildi.

O‘sha kuniyoq pasport olish uchun ariza yozilib, suratga tushirildi. Oradan bir oy o‘tmadi, nihoyat, M. Umarov O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportiga ega bo‘ldi.

Qishloqdoshlar budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining Farg‘ona tumani bo‘limiga sharoiti og‘ir, imkoniyati cheklangan, yakka-yolg‘iz, avtohalokatda xotirasini yo‘qotgan Mirzaahror (yangi pasportda uning ismi shunday yozildi) akaga nafaqa tayinlash bo‘yicha murojaat qilishdi va nafaqa tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют