» » Toshkentda Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori ishtirokida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

Toshkentda Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori ishtirokida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi


2018-yil 14-dekabr kuni Toshkent Hyatt Regency mehmonxonasida “Mehnat sohasi istiqboli: Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi arafasida munosib bandlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.

Konferensiyaning asosiy maqsadi – munosib bandlikni ta’minlash masalalarini muhokama qilish uchun mehnat sohasi ekspertlari va professionallarini bir joyda  to‘plashdan iborat.

Konferensiya jarayonida Xalqaro mehnat tashkilotining bosh direktori Gay Rayder ishtirok etadi. Bu XMT bosh direktorining Markaziy Osiyo mintaqasiga ilk tashrifidir. Shuningdek, O‘zbekistonga XMTning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari Mintaqaviy byurosi direktori Xayns Kyoller, XMTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari Byurosi direktori Olga Kulayeva, XMT byurosining bandlik masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Mixail Pushkin ham tashrif buyuradi.

Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Eron va boshqa davlatlarning ishtirokchilari konferensiyada ishtirok etishlarini tasdiqlagan.

Konferensiyada BMT TD, YeXHT, YuNISEF, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot, Osiyo taraqqiyot banki spikerlari bandlik muammolari yechimi bo‘yicha fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi.

E’tiborli jihati, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Mehnat sohasi istiqboli: Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi arafasida munosib bandlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar” xalqaro konferensiyasi Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligini nishonlash bo‘yicha 2019-yil dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan tadbirlarni boshlab beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют