» » Time bir guruh jurnalistlar, jumladan Jamol Qoshiqchini “yil odami” deb topdi

Time bir guruh jurnalistlar, jumladan Jamol Qoshiqchini “yil odami” deb topdi


Bir guruh jurnalistlar, jumladan, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh elchixonasi hududida o‘ldirilgan Jamol Qoshiqchi Time jurnalining “yil odami”ga aylandi, deb yozadi “Kommersant”.

Jurnalda ta’kidlanishicha, ilk bor hayot bo‘lmagan inson “yil odami” deb topilgan. Time “yil odamlari” guruhini “qo‘riqchilar” deb atagan.

Jurnal, shuningdek, Filippinning Rappler yangiliklar sayti muharriri Mariya Ressaga urg‘u bergan. Mamlakatning amaldagi prezidenti Rodrigo Duterteni tanqid qilganligi bilan tanilgan muharrir firibgarlikda ayblangan. Bundan tashqari, davlat sirini buzganligi uchun qamoqxonaga olingan Reuters jurnalistlari “yil odamlari” deb topildi: ular Myanmada musulmonlarning taqib etilishi haqida hikoya qilgan.

Time, shuningdek, iyun oyida ofisida besh nafar jurnalist o‘ldirib ketilgan The Capital Gazette (Amerika) jurnalistlariga e’tibor qaratgan.

Yuqoridagilardan tashqari, nomzodlar ro‘yxatida yana to‘qqiz kishi bor edi. Jumladan, Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp, AQSh maxsus prokurori Robert Myuller, shuningdek Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ro‘yxatga kiritilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют