» » Obid Asomov shifoxonada. Ammo vahima ko‘tarishga hojat yo‘q

Obid Asomov shifoxonada. Ammo vahima ko‘tarishga hojat yo‘q


Bugun, 11-dekabr kuni bir qancha internet-nashrlarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov og‘ir yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi va bu shubhasiz ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini tortdi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov Obid Asomovning ayni paytdagi ahvoli qandayligiga oydinlik kiritdi.

Shu yilning may oyidan “Multipikatsion filmlar studiyasi” DUK direktori lavozimida ish boshlagan taniqli so‘z ustasi, aktyor va rejissor Obid Asomovning hozirgi holatini bilish maqsadida uning shaxsiy telefoniga qo‘ng‘iroq qildik. Go‘shakni qiziqchi O‘tkir Muhammadxo‘jayev ko‘tarib, quyidagicha javob berdi:

“Haqiqatan ham, Obid akam kechadan buyon poytaxtdagi 1-son shahar klinik shifoxonasida davolanmoqda. Ammo ayrim saytlarda yozilganidek, og‘ir yurak xurujini boshdan kechirgani yo‘q. Yengil shamollagani tufayli shifokorlar “Agar to‘y va tadbir xizmatlaringiz kamroq bo‘lsa, bir necha kun yotib davolaning” deyishdi. Shu tufayli ayni paytda sog‘lig‘ini tiklamoqda. Hozir ahvoli yaxshi hamda vahima qiladigan darajada emas”.

22-oktabr kuni o‘zining 55 yoshini qarshilagan Obid Asomovga tahririyat a’zolari va minglab muxlislari nomidan tan-sihatlik tilab qolamiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 21:30)
-2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 4) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют