» » Toshkentda drenaj tizimini yaxshilash uchun 474 mln so‘m ajratildi

Toshkentda drenaj tizimini yaxshilash uchun 474 mln so‘m ajratildi


Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan poytaxtda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlar davom etmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbir doirasida yog‘ingarchilik oqibatida ijtimoiy soha obyektlari tomonidan shahar ko‘chalarida sodir bo‘layotgan toshqinlarni oldini olish vazifasi belgilangan. Shu bois drenaj tizimini yaxshilash borasidagi ta’mirlash ishlari boshlandi.

Bu jarayon Yunusobod tumanining Yangi shahar, Amir Temur ko‘chalari hamda Olmazor tumanining Kichik xalqa yo‘li ko‘chalarida amalga oshirildi. Navbatda Mirzo Ulug‘bek tumanining Fazo ko‘chasida ta’mirlash va tuzatish ishlarini davom ettiriladi. Ta’mirlash ishlariga shahar hokimligi tomonidan 474 million so‘m ajratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют