» » IIV Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘onadagi yong‘inlar haqida axborot berdi

IIV Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘onadagi yong‘inlar haqida axborot berdi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi o‘tgan hafta davomida mamlakatning turli nuqtalarida yuz bergan yong‘inlar va ularning oqibatlari haqida axborot berdi.

Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro O‘.Mamatovning uyida elektr isitish moslamasidan foydalanilib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda uyning 120 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib, zararlangan.

Guliston shahrida yashovchi fuqaro R.Eshmatovning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida, yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida uyning 90 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib, zararlangan.

Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro I.Dmitriyev uyida mast holda sigareta chekib, uxlab qolishi natijasida 2 kvadrat metr maydonda uy jihozlari yonib, zararlangan. Yong‘in oqibatida uy egasi kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mavzuga doir: Qoraqalpog‘istonda yuz bergan yong‘in oqibatida bir ayol vafot etdi, uning kelini shifoxonaga yotqizildi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-03-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют